» » Namanganda yana 5 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor

Namanganda yana 5 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor


Namangan viloyatida 15-may kuni 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanidan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq ekani aytildi.

Qayd etilishicha, viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 207 nafar bo‘ldi.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning jami soni 14-may kuni 2136 nafarni tashkil qilayotgan edi. Ayni paytda sog‘ayganlar soni 2141 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2652 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют