» » Malayziyada 2 oylik tanaffusdan keyin juma namozlarini o‘qishga yana ruxsat berildi

Malayziyada 2 oylik tanaffusdan keyin juma namozlarini o‘qishga yana ruxsat berildi


Malayziya hukumati koronavirus sababli masjidlarda to‘xtatilgan juma namozlarini o‘qishga 2 oy deganda yana ruxsat berdi, deb xabar bermoqda “TASS”. Mamlakat bosh vazirining din ishlari bo‘yicha departamentidagi vazir Zulqifli Muhammad al-Bakriy bayonotida aytilishicha, juma namozlarini o‘qish mamlakatning ko‘plab hududlarida 15-maydan boshlanadi.

“Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ijobiy deb tan olingan hududlarda joylashgan masjidlarda muayyan ehtiyot choralariga rioya qilingan holda juma namozlari o‘qilishi boshlanadi”, — deb aytgan u. Biroq masjidda bir vaqtda imomdan tashqari 30 nafargacha odam bo‘lishiga ruxsat berilishini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, masjidga kirishda tana harorati o‘lchanadi va tashrif buyuruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari yozib olinadi. Shu bilan birgalikda, vazir surunkali og‘ir kasalliklarga ega odamlarni masjidlarga kelmay turishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Karantin vaqtidagi juma namozi — suratlarda

Ayni vaqtda Malayziyada 13 shtatdan 8 ta shtatning deyarli barcha hududi “yashil” hudud deb e’lon qilingan.

Mamlakatda masjidlar yopilishi va juma namozlari to‘xtatilishi haqidagi qaror mart oyida koronavirusga chalinganlar soni keskin oshib ketgandan keyin qabul qilingandi. O‘shanda poytaxt Kuala-Lumpur atrofidagi hududlarda ommaviy diniy festival o‘tkazilishi virusning tarqalishi asosiy o‘choqlaridan biri bo‘lgani aytilgandi. Festivalda bir nechta davlatdan 16 minggacha odam yig‘ilgan.

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 6,8 mingdan oshgan, ulardan 5,3 ming nafardan ortig‘i sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida jamoat namozlari o‘qilishi vaqtincha to‘xtatilgan, dunyo musulmonlariga taroveh namozini uyda o‘qish tavsiya qilingandi. O‘zbekistonda ham juma namozlari vaqtincha o‘qilmaydi. Ramazon oyidagi taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan. Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda ham shu turdagi cheklov choralari qabul qilingan. Turkmanistonda esa COVID-19 pandemiyasi fonida ham aholi Ramazon oyida masjidlarga borishni davom ettirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют