» » Video: Zirhlangan BMW X5 Kalashnikov avtomati o‘qiga qarshi poygaga chiqdi

Video: Zirhlangan BMW X5 Kalashnikov avtomati o‘qiga qarshi poygaga chiqdi


BMW kompaniyasi zirhlangan BMW X5 Protection VR6 modelining Kalashnikov avtomatidan o‘tilgan o‘qdan qochishga uringani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

“Poyga” nomli rolikning boshida ichida yo‘lovchi bo‘lgan zirhli yo‘ltanlamas haydovchisi tuproq yo‘ldagi turli to‘siqlar orasida manyovrlarni amalga oshiradi. Shundan so‘ng, BMW asfaltlangan trassaga chiqqanida “AK-47” avtomatidan o‘q uzilib, avtomobil va o‘q o‘rtasida poyga boshlanadi.

Avvaliga zirhlangan X5 o‘q bilan to‘qnashuvdan qochish uchun tezlikni oshirishga urinadi, tabiiyki, buning uddasidan chiqa olmaydi. BMW X5 Protection VR6’ning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi. “AK-47”dan uzilgan o‘q esa soniyasiga 715 metr uchadi va tezligi soatiga 2,5 ming kilometrga qadar yetadi.

O‘qdan qochishga uringan haydovchi oxir oqibat u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashishga qaror qiladi. Rolikda o‘qning X5’ga urilishi tasvirlangan, biroq o‘q nishonga teggach, zirhli avtomobilga hech qanday zarar yetkazmay, yerga tushganini ko‘rish mumkin.

BMW X5 Protection VR6 kalibri 7,62 millimetrga teng Kalashnikov avtomati o‘qlari, DM51 qo‘l granatasi portlashi va avtomobildan to‘rt metr uzoqlikda portlovchi 15 kilogramm trotildan ham himoya qilishga qodir. Avtomobil X5 M50i bazasida yaratilgan bo‘lib, unga 530 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 biturbomotori o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют