» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5689 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1111 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5689 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1111 kishiga yetdi


Qozog‘iston poytaxtida koronavirus bilan kasallangan ikki bemor vafot etdi, xabar beradi Tengrinews.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar soni 5689 kishiga yetgan. Hozirga qadar virusga chalingan 2531 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 13-may kuni 1958-yilda tug‘ilgan ayol, 14-may kuni esa — 1977-yilda tug‘ilgan erkak koronavirusdan vafot etgan.

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanishning kunlik o‘sish sur’ati 2,1 foizni tashkil etmoqda. Bugungi kunga qadar mamlakatda 34 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda karantin cheklovlarini yengillashtirish boshlandi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 29 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati Norin viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 11 kishi, deb xabar beradi “Kloop”.

Shuningdek, Bishkekda — 6 kishi, Chuy viloyati va O‘shda — 4 kishidan, Jalolobod viloyatida — 2 kishi va O‘sh hamda Issiqko‘l viloyatlarida 2 kishidan koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1111 kishiga yetdi, hozirda 353 kishi statsionarlarda davolanmoqda, besh nafarining ahvoli og‘ir.

Qirg‘izistonda kasallar bilan aloqada bo‘lgan 5180 kishi uy karantinida, shifokorlar nazorati ostida saqlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda COVID-19’ga chalingan 10 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ikki bemor virus qurboniga aylangan — Norin viloyatidan bo‘lgan ayol va bishkeklik erkak. Ikkala bemor ham surunkali kasalliklar bilan og‘ir ahvolda bo‘lgan. Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 14 kishiga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda mamlakatda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda davolanayotgan 505 nafar bemordan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют