» » Kichik jussadagi katta dard. Oqqonga chalingan Sarvinoz yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

Kichik jussadagi katta dard. Oqqonga chalingan Sarvinoz yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj


Suratdagi qizning ismi Sarvinoz. Bir necha oydan keyin 3 yoshga to‘ladi. Biroq u xastaligi tufayli tug‘ulgan kunini kasalxonada kutib olishga majbur.

“Mart oyida qizimning qo‘li og‘rib, bo‘yni shishib ketdi. Chustdagi shifoxonaga olib borganimizda shifokorlar Sarvinozning limfo bezlari shamollaganini aytib, poytaxtdagi Gematologiya institutiga yo‘llanma berishdi. 14-mart kuni unga oqqon kasalligining (OML) tashxisini qo‘yishdi. Shundan beri kasalxonada yotib davolanyapti. Biz Toshkentda ijarada yashayapmiz.

Boshida juda ko‘p pul ketdi. Allohga shukr, qarindosh-urug‘lar qarab turmadi. Yordam berishdi, lekin bu kasallik doimiy davolishni talab qilarkan. Shifokorlarning aytishicha, umumiy davolanish kursi 3 yil davom etarkan.

Oshxonada oshpazlik qilardim. Biroq hozir karantin tufayli hech qayerda ishlolmayapman. Qizim tuzalishi uchun har kuni muolajalar qilinishi kerak. Ham ijara haqi, yeb-ichish va qizimning dori-darmonlariga ancha qiynalib qoldim.

Shunday muborak kunlarda yurtdoshlarimizdan qizalog‘im Sarvinozning sog‘ayib ketishida yordam berishlarini so‘rayman,” — deydi biz bilan suhbatda bemorning otasi Ilhomjon aka Yunusov.

Sarvinoz Nosirovaga xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali

Onasi Madina Imomaliyeva nomiga ochilgan

Xalq banki: 8600 0609 0396 3610

Sberbank: 42 76 40 00 79 42 17 99

Click: +998 99 321 44 07

Otasining telefon raqami

+998 99 392- 57- 07

Onasining telefon raqami

+998 91 348-50-65



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют