» » “Atletiko Madrid” himoyachisi koronavirusdan xalos bo‘ldi

“Atletiko Madrid” himoyachisi koronavirusdan xalos bo‘ldi


“Atletiko” himoyachisi Renan Lodi koronavirusga takroriy test topshirdi. Bu safar tahlil futbolchida virus yo‘qligini ko‘rsatdi va u mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.

Avvalroq braziliyalik futbolchida koronavirus borligi aniqlangandi. Shu bilan birga himoyachi o‘zini yaxshi his qilgan, kasallik alomatlarsiz o‘tgan. Ushbu haftada Lodi ikki bor qon tahlili topshirgan, ularning ikkisi ham virusga salbiy natija bergan. Futbolchida antitana shakllangani ma’lum bo‘ldi. 15-may kuni futbolchi yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.

Shuningdek, madridliklarning yana 9 nafar futbolchisida COVID-19 virusiga antitana topilgan.

Eslatib o‘tamiz, La Liga joriy mavsumi 20-iyundan boshlab davom ettiriladi. “Atletiko” 27-turdan so‘ng 6-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют