» » Toshqin takrorlanishidan qorqyapman, bu yerdan kochib ketaman. Sardoba falokatida jabrlangan chopon hasrati

Toshqin takrorlanishidan qorqyapman, bu yerdan kochib ketaman. Sardoba falokatida jabrlangan chopon hasrati


Sardoba falokati oqibatida minglab fuqarolar singari jabr korgan chopon Zafar Qurbonov Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturi muxbiriga boshdan kechirgan qiyinchiliklar haqida sozlab berdi.

Men xalqning molini boqaman, podachiman. Podaning orqasidan yiginib shu ishni qilgan edim. Boshqa joydan daromadim yoq edi. Shu xalqning molini boqib, shu uyni solgan edim, hammasi bir tiyin boldi. 15 yil birovning uyida ijarada yashab, olti yil mol boqib yurib, olti yil deganda, zorga pul yigib, shu uyni solgan edim.

Hozir ozim avval mollarimni boylab, boqadigan joyda yashayapman. Mollarimni jonatib yubordim. Shuncha narsani tashlab ketib bolmayapti. Ertalab turib, odamlarga qoshilib choyni ichib kelib, yana shu yerda qolimdan kelganicha ish qilyapman, uyni buzyapman.

Bir kunda suv kelib, bosib, hammayoq tugadi. Bu yerda yashashga qorqib qoldim. Xudoga shukr, bizni tongda suv urdi. Agar suv kechasi bosganida, ancha-muncha odam omon qolmasdi.

Yangi uyda bir yarim, ikki yil yashadim. Lekin hali mazza qilganim yoq. Yetti yilda qurilgan suv ombori yetti yil turib bermadi. Endi meni bu yerga umuman qiziqishim qolmadi. Xudo xohlasa bu yerda yashamayman, boshqa yerga ketaman.

Gapning ochigi, yana shu holat takrorlanishidan qorqyapman, yoqotishdan qorqyapman. Shuncha sarf-xarajat bir pul boldi. Kecha ayolim keldi, Qanday qilib bolsa ham boshqa yerdan joy top, dedi. Jonim omon bolsa, boshqa yerga joy qilib ketaman.

Hozir xalqning molini boqishga imkoniyat ham yoq. Vatan qilish kerak. Nasib qilsa, boshqa yerga uy-joy qilib ketaman. Xudo xohlasa, hayotimni noldan boshlayman. Qancha pul yigib, shu holatga keltirgandim. Hali ham Tojmahal emas bu, kichkinagina uy. Tojmahal bolganida, bilmadim endi..., deydi Zafar Qurbonov oz intervyusida.

Sardoba tumanidagi Qorgontepa mahallasida yashovchi fuqaroning aytishicha, u oz tomorqasiga issiqxona qurish uchun tijorat banklaridan kredit olishga harakat qilgan. Ammo biror natija bolmagach, ozi mablag yigib, yaxshi niyatlar bilan issiqxona qurgan. Biroq falokat oqibatida barcha pomidor kochatlar olgan.

Issiqxona qurish uchun kredit ololmadim, otangga bor, enangga bor, deyishdi. Lekin televizorda yurtboshimiz harakat qilganga ber, deyapti. Ammo bu yerda faqat boy boyga, suv soyga oqyapti. Boldi boshqa gap yoq.

Shu bir yarim sotix yerdagi pomidorni ekishga 7,5 million som pul ketdi. Bolalarimga yedirmay, toxtab tur, shuni qilaylik, Xudo xohlasa ish boladi, pul boladi bizga, deb issiqxona qilgandim. Lekin mana barchasi zax chaqib, tagidan havo kirmay oldi, deydi sardobalik chopon.

Eslatib otamiz, 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori 6-piketi togonining opirilishi oqibatida yirik suv toshqini yuz berdi. Hodisa oqibatida 100 mingga yaqin odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, 10 ta mahalla fuqarolar yiginining 20 ta aholi yashash punktida jami 5 969 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari talafot kordi. Toshqin oqibatida yetgan zarar summasi, taxminiy bolsa-da, hozircha elon qilingani yoq.

Toshqindan jabr korgan aholiga yordam korsatishda ozbekistonliklar misli korilmagan faollik korsatdi. Shuningdek, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Sardoba falokatining Ozbekistondagi jabrlanuvchilariga 10 million dollar xayriya puli ajratdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa toshqindan jabr korganlar ikki oy ichida hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga kochib otishi kerakligini takidladi.

Falokat yuz berishi yuzasidan dastlabki rasmiy taxminlar elon qilinmagan, faqat Ozbekiston davlat televideniyesi orqali togon opirilishiga 1-mayga otar kechasi kuzatilgan kuchli yomgir va shamol sabab bolgan bolishi mumkinligi aytildi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan, tergov Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa aybdorlari qonun oldida javob berishini malum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2020, 14:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -