» » Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan 37 ta “dom”ning tamal toshini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan 37 ta “dom”ning tamal toshini qo‘ydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Sirdaryo viloyatiga keldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi.

Shuningdek, 1 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy obyekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan.

Xabar berishlaricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni dastlab Sardoba tumanida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlanayotgan xonadonlarni kirib ko‘rdi, odamlar bilan suhbatlashdi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun uchta massivda jami 2 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Sardoba tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladi. “Prezident mazkur turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ydi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют