» » Gruziya estrada guruhi “Ulug‘imsan Vatanim”ni o‘zbek tilida kuyladi. Sevara Nazarxon ularga duet aytishni taklif etdi

Gruziya estrada guruhi “Ulug‘imsan Vatanim”ni o‘zbek tilida kuyladi. Sevara Nazarxon ularga duet aytishni taklif etdi


Gruziyaning Bravo Metehi guruhi xonandalari Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘idan parchani o‘zbek tilida mahorat bilan ijro etdi. Video guruhning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilindi.

“Ushbu qo‘shiq o‘zbekistonlik opa-singil, aka-ukalarimiz uchun gruzinlardan sovg‘a sifatida jaranglaydi”, — deydi guruh xonandalari.

View this post on Instagram

@sevara_nazarkhan

A post shared by Bravo Metehi (@bravo_metehi_official) on

Qisqa vaqt ichida 2500 taga yaqin layk to‘plagan video ostiga Sevara Nazarxon ham izoh yozdi.

“Mana, vanihoyat sizni topdim! Bolalar, ajoyibsizlar! Samimiy ijro uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman! Sizlar bilan birga qo‘shiq kuylasam degandim, bunga qanday qaraysiz?”, — deb yozadi Sevara.

Guruh xonandalari Sevara Nazarxonga javob tariqasida “Siz bilan qo‘shiq kuylash biz uchun katta sharaf”, — deb yozdi.

Mavzuga doir: Turkiy tilli xalqlarning taniqli san’atkorlari Hulkar Abdullayevaning “Paqa-paq” qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют