» » Toshkentda “Abu Saxiy” bozori ochilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkentda “Abu Saxiy” bozori ochilgani haqidagi xabarlar rad etildi


Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov bu xabarlar qanchalik haqiqatligiga aniqlik kiritdi.

“Ayni vaqtda Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qat’iy nazar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. ‘Abu Saxiy’ buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deya javob bergan u AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilgan. Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida ko‘chma bozorlar tashkil etilgan. Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berilgan.

Respublika maxsus komissiyasining 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirilgan. O‘zbekiston koronavirus tarqalishidan kelib chiqib hududlar “qizil”, “sariq” va “yaxshil” toifalarga ajratilgan edi. Barcha toifadagi hududlar uchun buyum bozorlari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik talabi saqlanib qolgan.

Mavzuga doir: Foto: Toshkent shahridagi buyum va dehqon bozorlari karantin vaqtida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют