» » Lyuis Hemilton Devid Bekhemning rekordini yangilab, britaniyalik eng boy sportchiga aylandi

Lyuis Hemilton Devid Bekhemning rekordini yangilab, britaniyalik eng boy sportchiga aylandi


Formula-1 bo‘yicha olti karra Jahon chempioni Lyuis Hemilton The Times talqiniga ko‘ra Buyuk Britaniyaning eng boy sportchisi deb topildi.

Mercedes jamoasi poygachisining boyligi 224 million funtni tashkil etgan — bu reytingning 32 yillik tarixidagi rekord miqdor hisoblanadi.

Avvalgi eng baland ko‘rsatkich “Real” va “Manchester Yunayted” klublarining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhemga tegishli bo‘lib, nashr 2013-yilda uning boyligini 200 million funtga baholagandi.

The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Lyuisning Mercedes’dagi yillik maoshi bonuslar bilan hisoblaganda 40 million funtni tashkil etadi. Britaniyalik sportchining kompaniya bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют