» » Samyuel Eto’O: Ronaldo — futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi

Samyuel Eto’O: Ronaldo — futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi


“Barselona” va “Inter” klublari sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O braziliyalik Ronaldoni futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb atadi.

“Tarixdagi eng yaxshi hujumchi? Hammadan zo‘ri Ronaldo edi, fenomen. Unga nisbatan ulkan hurmat va zavqni his qilaman. Ko‘pchiligimiz uning darajasiga yaqinlashdik va ular qatoriga o‘zimni ham qo‘shgan bo‘lardim.

Ayni damdagi futbolchilardan tajribali Lionel Messini tanlagan bo‘lardim. Shuningdek, Kilian Mbappe, u yosh va yaxshi taassurot qoldirmoqda. O‘ylashimcha, u yaqin yillar ichida dunyo futbolining asosiy yulduziga aylanadi”, — deydi Eto’O.

Eslatib o‘tamiz, Eto’O va Messi 2004—2009-yillar oralig‘ida “Barselona”da birga to‘p surgan. Kamerunlik hujumchi 2019-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ronaldo faoliyati mobaynida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Milan” va “Korintians” jamoalarida harakat qilgan. Braziliya terma jamoasi safida 98 o‘yin o‘tkazib, 62 gol muallifiga aylangan. U ikki karra Jahon Chempioni va ikki karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют