» » O‘zbekistonda yana 15 kishi koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2156 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 15 kishi koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2156 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida 15-may kuni 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda ekani aytilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.

Shu kuni Namanganda yana 5 nafar bermor tuzalib, sog‘ayganlar 2141 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Ayni paytda sog‘ayganlar soni 2156 nafarni tashkil qilmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2652 nafarga yetdi. Davolanayotgan 505 nafar bemordan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют