» » Qora dengizda Panama bayrog‘i ostidagi “Arsenal qahramonlari” kemasi halokatga uchradi

Qora dengizda Panama bayrog‘i ostidagi “Arsenal qahramonlari” kemasi halokatga uchradi


Qora dengiz havzasida Panama bayrog‘i ostidagi “Arsenal qahramonlari” kemasi halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Qrim Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.

Muassasaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, kema bortida 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Qutqaruv operatsiyasi o‘tkaziladigan hududga zudlik bilan “Yepiskop”, “Armada Navigator”, “Barnet”, “Aygas”, “Aelos” kemalari yo‘naltirilgan. Qidiruv operatsiyasiga “Demidov” qutqaruv kemasi ham qo‘shilgan.

Ta’kidlanishicha, qidiruv ishlari ob-havo sharoitlari tufayli qiyinlashmoqda — janubi-sharqdan 20 m/soniya tezlikda shamol esmoqda, dengizning to‘lqinlanishi to‘rt ballni tashkil etmoqda.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют