» » Floyd Meyvezer: Hozir ham boksga qaytsam, sovrinlarni qo‘lga kirita olaman

Floyd Meyvezer: Hozir ham boksga qaytsam, sovrinlarni qo‘lga kirita olaman


Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer hozir ham professional ringda sovrinlar yutishga qodirligini ta’kidladi.

“Hozir ham ringga chiqib, sovrinlar qo‘lga kirita olishimga ishonaman. Chiroyli shoular tashkil etib berishim mumkin, biroq endi boshqa bokschilar porlaydigan vaqt keldi.

Men hali ham sportdaman. 24 yil davomida sport ichida yurdim va 20 yil chempionlikni saqlab turdim. Mening porlagan vaqtlarim bo‘ldi. Endi boshqa bokschilar o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyish qilishini kuzatib boraman”, — deydi Meyvezer.

43 yoshli Meyvezer so‘nggi bor 2017-yilning avgustida jang o‘tkazgan. O‘shanda u ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan jangning 10-raundida nokautga uchratgandi. Floyd professional boksda 50 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib (27 nokaut) chiqqan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют