» » Sog‘liqni saqlash vazirligi 34 kishiga koronavirus yuqtirgan samarqandlik shifokorni himoyasiga olib, bosh prokurorga murojaat yo‘lladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 34 kishiga koronavirus yuqtirgan samarqandlik shifokorni himoyasiga olib, bosh prokurorga murojaat yo‘lladi


Samarqandda 34 kishiga koronavirus yuqtirgan tibbiyot xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaga murojaat yo‘llab, mazkur qarorning bekor qilinishini so‘radi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi mazkur qaror quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilinishi lozim, deb hisoblaydi. Birinchidan, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi birinchi qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) dispozitsiyasidagi qasddan sodir etilishi talab etiladigan qilmishlardan birortasi fuqaro X.D. tomonidan sodir etilmagan. Ikkinchidan, Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun maxsus subyekt bo‘lish talab etilmaydi. Aniqrog‘i, bu modda bilan faqatgina tibbiyot xodimlari javobgar qilinishi mumkinligi ham qonunda ko‘rsatilmagan. Aytmoqchi bo‘lganimiz, tana harorati oshganligini bila turib, shifokorga murojaat etmasdan o‘zgaga infeksiya yuqtirganlik uchun javobgarlikka tortish mumkin bo‘lsa, nega unda yuzlab holatlarda qonunning bunday kuchidan foydalanilmadi? Nimaga aynan tibbiyot xodimiga kelganda qonunni bunday talqin qilish mumkinligi esimizga tushib qoldi? Masalan, yaqinda samarqandlik juda katta tadbirkorning farzandi ko‘pchilikka xuddi shunday sharoitda koronavirus yuqtirganligi haqida internetda ma’lumotlar tarqalgan edi. Nima uchun ushbu holatda qonunning shu me’yoridan foydalanilmadi?

Qolaversa, qonunchiligimizda tana harorati oshgan fuqaro xoh u tibbiyot xodimi bo‘lsin, xoh boshqa koronavirusga analiz topshirmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi, degan majburiyat hali o‘rnatilgani yo‘q.

Yuqoridagi holatda tibbiyot xodimi hisoblangan X.D. koronavirus infeksiyasini juda katta ehtimol bilan bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan. U koronavirus yuqtirib olganligini 2020-yil 28-aprel kuni topshirgan testi natijalari aniq bo‘lganidan keyingina bilgan va darhol davolanish uchun yotqizilgan. Bungacha u ushbu infeksiyani yuqtirib olganligini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmagan. Qolaversa, 34 nafar fuqaroga koronavirus aynan tibbiyot xodimidan yuqqanmi yoki boshqadanligini hali dastlabki tergov jarayonida isbotlash kerak bo‘ladi.

To‘g‘ri, Sog‘liqni saqlash vazirligi X.D.ning o‘z sog‘lig‘iga nisbatan beparvo bo‘lib, kimlarnidir xavf ostida qoldirganligini oqlamoqchi emas. Shu bilan birgalikda, vazirlik mazkur holatda X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror asossiz, deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bosh prokurorga X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish masalasini o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqilishini so‘rab 2020-yil 14-may kuni murojaat yo‘lladi. O‘ylaymizki, ushbu masala nazoratga olinib, o‘z qonuniy yechimini topadi.

Ma’lumki, ayni kunlarda butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi mardonavor kurashayotgan shifokorlar alohida e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida yurtimiz tibbiyot xodimlari ham, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiyaga qarshi qahramonona faoliyat olib borishmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimi boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarshi qattiq kurashayotgan ana shunday bir sharoitda yuqoridagi kabi dilni xira qiladigan bu kabi holatlar olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar samarasiga, minglab shifokorlar kayfiyatiga faqatgina salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ruslan Muhammadiyev, Sog‘liqni saqlash vazirligi yuridik bo‘limi boshlig‘i 

Eslatib o‘tamiz, fuqaro X.D. doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 kishiga COVID-19 infeksiyasining yuqishiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirusdan sog‘ayganlarning jami soni 2156 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют