» » Rossiya TIV rasmiy vakili O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Rossiya TIV rasmiy vakili O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi


O‘zbekistonda ish yuritish jarayonlarida rus tilidan foydalanish respublika fuqarolarining manfaatlariga mos keladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 14-may kuni o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Zaxarova O‘zbekiston davlat idoralarining o‘zbek tilida ish yuritishini belgilovchi qonun loyihasi to‘g‘risidagi savollarga izoh bergan.

“O‘zbek tomonining mavjud murojaatlariga muvofiq, O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish borasidagi to‘liq dasturni yaratish bo‘yicha hamkorlikda faol ishlar olib borilmoqda”, — deydi Rossiya TIV vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yetkazib beriladigan o‘quv, uslubiy va badiiy adabiyotlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha rus tilidagi markazlarni ochish, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga malakali rus mutaxassislarini yuborish, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun “rus filologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha budjet o‘rinlarni ko‘paytirish va shu kabi boshqa ishlar haqida ketmoqda.

“Biz yuqorida qayd etilgan qonun loyihasining ommaviy axborot vositalarida yuzaga kelgan munozaralarga e’tibor qaratdik. Uning tarafdorlari kamchilikni tashkil etishi haqida tasavvur paydo bo‘ldi. Qoldirilgan izohlarning aksariyati shuni ko‘rsatadiki, rus tilining rasmiy tartibda saqlanishi tarix ruhi va munosabatlarimizning zamonaviy sifatiga, asosiysi — Rossiyada o‘qish yoki ishlashni tanlaydigan fuqarolarning manfaatlariga to‘la mos keladi”, — deydi Zaxarova.

Mavzuga doir: O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida qonun imzolandi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 1) ( 84) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...