» » Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan har bir xonadonga Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 mln so‘mdan berildi

Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan har bir xonadonga Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 mln so‘mdan berildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobada 1-may kuni yuz bergan falokatdan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash ishlari bilan tanishish uchun 15-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan 37 ta “dom”ning tamal toshini qo‘ydi

Tashrif chog‘ida Prezident Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablag‘i ham shunga yo‘naltirilgan. Sirdaryo viloyatiga ko‘mak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam ko‘rsatgan.

Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.

Avvalroq Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga Ramazon Hayitigacha tarqatilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Internetda Sardoba toshqini vaqtida uyda qolib ketgan ayolning qutqarilishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют