» » Sardobadagi falokatdan jabrlanganlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovlilariga 1-sentabrgacha ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi

Sardobadagi falokatdan jabrlanganlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovlilariga 1-sentabrgacha ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobada 1-may kuni yuz bergan falokatdan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash ishlari bilan tanishish uchun 15-may, juma kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. Tashrif chog‘ida Prezident Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborida yuz bergan texnogen avariya juda katta sinov bo‘lganini, Hukumat komissiyasi tashkil etilib, toshqin oqibatlarini bartaraf etishga barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilinganini yana bir bor qayd etdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardobada quriladigan 37 ta “dom”ning tamal toshini qo‘ydi

“Bu ishlarni tashkil etish va Sirdaryo xalqidan xabar olish uchun bugun to‘rtinchi marta sizlarning oldingizga keldim. Har soat, har daqiqa bu yerdagi ishlar holatini surishtirib turibman, telefon orqali hisobot olyapman”, — dedi davlat rahbari.

Aholining turmush sharoitlarini tiklash asosiy vazifa ekani, zararlangan uylarni ta’mirlash hamda yangi turar joylar qurish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgani ta’kidlandi.

“Ta’mirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi. Odamlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovli-joylariga 1-sentabrgacha to‘liq ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi”, — dedi Prezident.

Shuningdek, mazkur uchrashuv chog‘ida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilayotgani ma’lum qilindi. Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Toshqindan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar ikki oyda hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tishi kerak

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Sirdaryodagi toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Avvalroq Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida uylar O‘zbekistonning viloyatlari ko‘magi bilan qurilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют