» » Moliya vazirligi Qurilish vazirligining Land Cruiser 200’ni tanlovlarsiz sotib olishiga e’tiroz bildirdi

Moliya vazirligi Qurilish vazirligining Land Cruiser 200’ni tanlovlarsiz sotib olishiga e’tiroz bildirdi


Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining farmoyish loyihasida Qurilish vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Toyota Land Cruiser 200 rusumli avtomashina xaridini istisno tariqasida tanlovlarsiz amalga oshirish vazifasiga e’tiroz bildirdi.

O‘zbekiston Moliya vazirligiga 7-may, payshanba kuni Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi kelishish uchun kelib tushgan.

Mazkur farmoyish loyihasida Qurilish vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Toyota Land Cruiser 200 rusumli avtomashina xaridini istisno tariqasida tanlovlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 4—12-moddalarida davlat xaridlarining asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, mazkur prinsiplar davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli farmonining 27-bandida vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlangan.

“Farmoyish loyihasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha kiritilgan norma davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lganligi sababli, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi kabi prinsiplarga tayangan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ushbu normani chiqarib tashlash bo‘yicha Moliya vazirligining taklifi bildirildi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toyota kompaniyasining O‘zbekistondagi dileri saytida ko‘rsatilishicha, Land Cruiser 200 rusumli yo‘ltanlamas avtomobil narxi qariyb 1,5 milliard so‘mni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют