» » Ipak Yoli banki tavakallichilikni boshqarish hamda milliy valyutada kreditlashni oshirish boyicha XMK bilan shartnoma imzoladi

Ipak Yoli banki tavakallichilikni boshqarish hamda milliy valyutada kreditlashni oshirish boyicha XMK bilan shartnoma imzoladi


Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Ipak Yoli AIT bankiga tavakallichilikni boshqarish hamda milliy valyutada kreditlashni oshirish boyicha komaklashadi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Ipak Yoli AIT bankiga tavakallichilikni boshqarish hamda milliy valyutada kreditlashni oshirish boyicha komaklashadi

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Ipak Yoli AITB Ozbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oynaydigan kichik va orta biznesni milliy valyutada moliyalashtirish hajmini oshirishga va xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga imkon beradigan shartnoma imzoladi.

Ushbu shartnomaga muvofiq, XMK va Ipak Yoli banki valyuta svop operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (ISDA) umumiy shartnomasiga (birjadan tashqari derivativ operatsiyalarni tartibga solish uchun standart hujjat) muvofiq amalga oshiradi. Mazkur shartnoma xorijiy valyutadagi mablaglarni hedjirlash (sugurtalash) va aktivlar va passivlarni samarali boshqarishga imkoniyat yaratib beradi. XMK Ozbekistondagi mahalliy banklarga tavakkalchilikni boshqarish vositasini taqdim etayotgan yagona xalqaro moliya muassasasi hisoblanadi.

Mazkur shartnoma Ipak Yoli banki tomonidan derivativ moliyaviy vositalardan foydalanish orqali bankning resurs hajmini kengaytirishni kozda tutuvchi imzolangan ilk shartnomadir. XMK bilan hamkorligimiz moliyaviy tavakkalchilikni qisqartirish orqali mijozlarimizga milliy valyutada kredit taqdim etishni kengaytirishga va xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga imkon beradi, deya gapirgan Ipak Yoli AITB boshqaruv raisi Saidabror Saydaxmedov.

XMKning Markaziy Osiyo mintaqasi boyicha menejeri Kassandra Kolbert shunday izoh berdi: Mazkur shartnoma XMKning hamkor moliyaviy muassasalari bilan birdamligini va har qanday sharoitda ularni qollab-quvvatlashga tayyorligini korsatadi. Ipak Yoli banki xorijiy valyutadagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarish va moliyalashtirishga muhtoj bolgan korxonalarga milliy valyutada kreditlashni davom ettirish imkoniyatiga ega boldi. Bu esa, hozirgi vaqtdagi COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqirozning salbiy tasirlarini yumshatish uchun juda muhim hisoblanadi.

XMK Ozbekistondagi yirik xususiy banklardan biri bolgan Ipak Yoli banki bilan hamkorlik qilib, 2018-yildan buyon bankga milliy vaylutaga ayirboshlash imkoniyatini yaratgan holda umumiy qiymati 15 million AQSh dollariga teng bolgan kredit mablaglarini taqdim qilgan.

Xalqaro moliya korporatsiyasi haqida

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan iqtisiyodlarda xususiy sektorni qollab-quvvatlash bilan shugullanuvchi eng yirik global muassasadir. Biz butun dunyo boylab 2000 dan ortiq xususiy korxonalar bilan ishlaymiz va oz kapitalimiz, tajribamiz va nufuzimizdan foydalanib, ularga eng zarur bolgan yangi bozor va imkoniyatlarni yaratib beramiz. 2019-moliyaviy yilida biz rivojlanayotgan mamlakatlarga umumiy qiymati 19 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdorda uzoq muddatli kredit mablaglarni ajratib berdik, bu orqali esa qashshoqlikni bartaraf etish va farovonlikni oshirish uchun kuchli xususiy sektorning salohiyatini yaratish imkonini taqdim qila oldik.

Batafsil malumot bizning saytimizda: www.ifc.org.

Ipak Yoli AITB haqida

1990-yilda tashkil etilgan Ipak Yoli aksiyadorlik innovatsion tijorat banki Ozbekistondagi birinchi xususiy bank hisoblanadi. Ozbekistonning sakkizta hududida joylashgan 16 ta filial va 36 ta ekspress-markazlari orqali yakka tartibdagi va korporativ mijozlarga keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etmoqda. Ipak Yoli banki doimiy ravishda oz biznesini rivojlantirishga, mijozlar bazasini kengaytirishga, bankning hududiy ishtirokini oshirishga, har bir mijozning ehtiyojlarini qondirish uchun xizmatlar soni va turlarini kopaytirishga intiladi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2020, 18:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -