» » Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Sirdaryoda o‘z farzandini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro E.Sh. 5-may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, “Laylakko‘l” mahallasida chaqalog‘ini R.G.ga 10 200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 dollar miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatga ko‘ra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют