» » O‘zbekistonda poyezd va va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi

O‘zbekistonda poyezd va va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi


AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida brifing o‘tkazilib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi haqida ma’lumot berildi.

Mazkur tartibga muvofiq, avia va temiryo‘l reyslariga chiqish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozim. Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekani haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar reyslarga qo‘yiladi.

Barcha yo‘lovchilarning aeroport va temiryo‘l vokzallari hududiga kirishidan oldin tana harorati o‘lchanadi.

Yo‘lovchilar aeroport va temiryo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart.

Aeroport va temiryo‘l vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yo‘lovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.

Yo‘lovchilar havo kemalariga va temiryo‘l vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.

Avia va temiryo‘l qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

Shuningdek, qatnov vaqtida quyidagi tartibga amal qilinadi:

Yo‘lovchilarning havo kemasi bortida va temiryo‘l vagonlarida joylashuvi ijtimoiy masofani saqlash tamoyili asosida quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi:

Mazkur vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi, biroq temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi shaharlarda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют