» » Konor Makgregor: Revansh jangida Floyd Meyvezerni taslim qilaman

Konor Makgregor: Revansh jangida Floyd Meyvezerni taslim qilaman


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi ehtimoliy revansh jangida raqibini mag‘lub etishiga ishonchi komil ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgustida Meyvezer boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda Makgregorni mag‘lub etgandi. Avvalroq afsonaviy bokschi Mayk Tayson irlandiyalik sportchining o‘sha jangdagi harakatlarini maqtagandi.

“Rahmat, Mayk. Shunchaki bilib qo‘y, Floydning uslubini bilgan va maktabdagi boks bo‘yicha murabbiyim bilan mashg‘ulotlardan kelib chiqqan holda, bu boshqotirmaning javobini topdim. Men bo‘lib o‘tishi muqarrar bo‘lgan revansh jangida Floydni kaltaklayman! Hayotimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman”, — deya yozadi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor o‘zining so‘nggi jangini 2020-yilning yanvar oyidagi UFC 246 musobaqasida Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют