» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2682 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2682 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 15-may soat 19:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 nafarga oshib, 2682 yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 13-may kuni ularning 3 nafari Qozog‘istondan, 2 nafari esa Rossiyadan kelgan.

25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa (ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan) oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi.

O‘zbekistonda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizga yetdi. Ayni paytda 513 nafar bemor kasalxonada davolanayotgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют