» » Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod va Oqoltindagi suv toshqini jabrdiydalariga ham sertifikatlarni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod va Oqoltindagi suv toshqini jabrdiydalariga ham sertifikatlarni topshirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida 1-maydagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida ham bo‘ldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Mirzaobod tumanning “Navbahor” mahallasi hududida 360 kvartirali 9 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlarga Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari quruvchilari biriktirilgan.

Prezident mutasaddilar bilan suhbatda qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish kerakligi, energiya tejamkor materiallardan foydalanish muhimligini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev mirzaobodlik nuroniylar, mahalla faollari va xonadon egalari bilan uchrashib, uy-joylar va infratuzilmani tiklash, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini aytib o‘tdi.

Prezident Oqoltin tumanida aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tumanining “Haqiqat” mahallasida 800 xonadondan iborat 20 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishini ta’kidladi.

Foto: Sardoba falokati jabrlanuvchilariga tarqatilgan 40 mln so‘mlik moddiy yordam sertifikatlari

Tumanda 8,7 ming gektar ekin maydonlarini suv bosgan. Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi kabi, bu yerda ham ko‘chma nasoslar yordamida bu suv qochirildi. Asrab qolish mumkin bo‘lgan g‘o‘zani chopiq va kultivatsiya qilish, qolgan joylarda boshqa ekinlar ekish choralari ko‘rilmoqda.

Mirzaobodlik va oqoltinlik jabrdiydalarga ham, Sardobada bo‘lgani kabi, tegishli sertifikatlar va pul mablag‘li bank kartochkalari tarqatilgan. Prezident Mirzaobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan turar joylarning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan.

Prezident shu kunning o‘zida Toshkentga qaytib keldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют