» » Rossiyada Mansory diskalari jamlanmasi sotuvga qo‘yildi. Uning narxiga yangi Toyota Corolla xarid qilsa bo‘ladi

Rossiyada Mansory diskalari jamlanmasi sotuvga qo‘yildi. Uning narxiga yangi Toyota Corolla xarid qilsa bo‘ladi


Rossiyaning “Aviro.ru” saytida Mansory atelyesining Rolls-Royce Cullinan krossoveriga mo‘ljallangan diskalar jamlanmasi sotilishiga oid e’lon paydo bo‘ldi. Vredestein shinalariga ega dizaynerlik g‘ildiraklari qariyb 1,4 million rublga (19,6 ming dollar) baholanmoqda — bu pulga yangi Tayota Corolla xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

E’lon egasi 24 dyuyumli Mansory diskalari bilan birga, yozga mo‘ljallangan 295/30 R24 o‘lchamli yangi Vredestein Giugiaro shinalarini, shuningdek, datchik va “prostavka”larini qo‘shib berishga tayyor. E’londa diskalar to‘rtta bolt bilan qotirilishi ko‘rsatilgani qiziq, chunki Rolls-Royce’ning standart g‘ildirak gupchaklari besh boltli qotirishga mo‘ljallangan.

Mansory narxining qimmatligi ko‘p kegayli diskalar 785 ming yevroli Cullinan Billionaire tyuning-loyihasida debyut qilgani bilan izohlanmoqda. Boshqa ranglar gammasidan iborat shu turdagi mahsulotlar hamon Rolls-Royce’ning nemis byurosi tomonidan yangi mahsulotlarida ishlatiladi, masalan, firuza interyerga ega Cullinan Coastline’da.

Mavzuga doir: Video: Rossiyalik blogerlar Hummer’ga “Jiguli”ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini “kiydirdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют