» » Uzbekistan Airways 18-maydan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtlarini e’lon qildi

Uzbekistan Airways 18-maydan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtlarini e’lon qildi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020-yilning 18-mayidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) tiklanishi xabar berilgan edi.

Uzbekistan Airways 18-maydan boshlab Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga amalga oshiriluvchi aviaqatnovlar (borish va qaytish) vaqtlarini e’lon qildi.

Toshkent—Urganch—Toshkent (dushanba, payshanba)

Toshkent—Nukus—Toshkent (seshanba, juma)

Toshkent—Termiz—Toshkent (chorshanba, shanba)

Avvalroq Uzbekistan Airways may oyida xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxatini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyeyov 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay, hamon karantin tartibi amalda ekanini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda poyezd va va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют