» » Mirzaobod, Oqoltin va Sardobada 2020-yil oxirigacha salkam 10 mingta ish o‘rni yaratiladi

Mirzaobod, Oqoltin va Sardobada 2020-yil oxirigacha salkam 10 mingta ish o‘rni yaratiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-may, juma kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda nafaqat uy-joy bilan ta’minlash, balki korxonalar tashkil etib, ish o‘rinlari yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shu maqsad bilan qisqa vaqtda qiymati 2,14 trillion so‘mlik 323 ta katta-kichik loyiha shakllantirilgan. Ularni tatbiq etish hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida 2020-yilda 10 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

“Jumladan, Mirzaobod tumanida jami 1 trillion 12 milliard so‘mlik 143 ta loyiha amalga oshirilib, 4,5 mingdan ziyod ish o‘rinlari tashkil etilishi mo‘ljallangan”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

“Guliston Gold Yarn” kompaniyasi tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, “Mirzaobod Limonchilik klasteri” tomonidan zamonaviy issiqxona tashkil etish, “Samoviy baxt quvonchi” kompaniyasi tomonidan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidan.

Oqoltin tumanida jami 789 milliard so‘m qiymatidagi 95 ta loyiha hisobiga 3,5 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Misol uchun, “APK Oqoltin” korxonasi tomonidan o‘simlik yog‘i, “Oqoltin Mega Tekstil Grup” kompaniyasi tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют