» » Dunyodagi eng mashhur Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng mashhur Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi


Strategy Analytics tahlil firmasi Android-smartfonlarning 2020-yil birinchi choragi bo‘yicha jahondagi savdosiga oid yangi hisobotini e’lon qildi. Tadqiqotlarga ko‘ra, yil boshida eng ko‘p sotilgan devays deya Samsung’ning hamyonbop modeli tan olingan, deb xabar beradi Business Wire.

Reytingda Samsung Galaxy A51 modeli yetakchilik qilmoqda. Hisobot davri davomida 6 million dona smartfon sotilgan bo‘lib, bu Android’da boshqariladigan barcha devayslarning 2,3 foizini tashkil etadi. Galaxy A51 butun dunyoda mashhurlikka erishgan, ayniqsa, Yevropa va Osiyoda.

Undan keyingi o‘rindan bozordagi ulushning 1,9 foiziga egalik qilgan Redmi 8 qurilmasi egalladi. Mazkur modelga talab, asosan, xitoylik foydalanuvchilar orasida yuqori bo‘lgan, biroq u sekin-asta Yevropada ham ommalashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ikkala smartfon ham o‘rta va hamyonbop modellar segmentiga kiradi. Strategy Analytics’ning hisoblashicha, arzon gadjetlarga bo‘lgan talabning oshishi xaridorlarning koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘zining moddiy holatidan xavotirga tushgani bilan bog‘liq.

Reytingdan jami oltita smartfon o‘rin olgan. Ro‘yxatdagi yagona premium qurilmasi Samsung Galaxy S20+ bo‘lib, u 1,7 foiz ulush bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, reytingdan Samsung Galaxy A10s (1,6 foiz ulush), Redmi Note 8 (1,6 foiz) va Galaxy A20s (1,4 foiz) o‘rin olgan.

Avvalroq dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: iPhone 11 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют