» » Abituriyentlarning telefonlarini mix bilan devorga qoqib qo‘yadigan o‘quv markazi maqtovlarga sazovor bo‘ldi

Abituriyentlarning telefonlarini mix bilan devorga qoqib qo‘yadigan o‘quv markazi maqtovlarga sazovor bo‘ldi


Toshkentdagi abituriyentlar uchun o‘quv markazlaridan birining yotoqxonasida telefondan foydalanish qat’iyan cheklangan, kimdir telefonni yashirincha ishlatsa, qurilma undan olib qo‘yiladi va devorga mix bilan qoqib qo‘yiladi. Bu haqda o‘quv markazida ta’lim oladigan abituriyentlardan birining qarindoshi Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhida ma’lum qildi.

“Jiyanim … abituriyentlar yotoqxonasida turib tayyorlanmoqda, bugun jiyanimni ko‘rgani borsam, mana bu rasmda ko‘rsatilgan holatga duch keldim. Yotoqxonada telefon ishlatish mumkin emas, har kuni 18:30 dan 19:00 gacha telefon ishlatish mumkin, shunda ham ota-onaga telefon qilish uchun, qolgan payt telefonni umuman ishlatish mumkin emas ekan. Kimda-kim telefonni yashirincha ishlatsa, uni mana bunday qilib mixga qoqib qo‘yishar ekan. Jiyanimdan surasam, ‘ha bu oddiy holat, hamma shunga ko‘nikib qolgan’ dedi”, — deyiladi postda.

“Sizlar nima deb o‘ylaysizlar? O‘qitishning shunaqa usuli foydalimi? Har holda bunga ham ota-onaning puli ketgan”, — deya foydalanuvchi guruh a’zolarining fikrlari bilan qiziqqan.

Postga izoh yozganlarning katta qismi bu usulni qo‘llab-quvvatlagan va yosh bolalarga qimmatbaho telefon u yoqda tursin, telefonning o‘zi ham kerak emasligi, smartfonlar tufayli ularning xayoli ahamiyatsiz narsalarga chalg‘ib, natijada ular o‘qishga kira olmasligini ta’kidlagan.

Ko‘pchilik shunday o‘quv markazi ochilishini anchadan buyon kutib yurganini qayd etgan hamda bu usulni maktablarda va boshqa o‘quv muassasalarida ham joriy qilish taklifi bilan chiqqan. Shuningdek, ba’zilar qizlar va yigitlarga turmush qurgunicha mobil telefon bermaslikni taklif qilgan.

Izoh yozganlarning ba’zilari esa bu holatga salbiy munosabat bildirgan. Kimdir bu holatni birovning shaxsiy mulkini talon-taroj qilish deb atab, bu qonunga zid ekanligini ta’kidlagan. Yana kimdir “mix bilan qoqib qo‘yish” o‘rniga boshqa usullardan, masalan, jarimaga tortish yo‘lidan foydalanishni taklif qilgan.

Muhokamaga shu o‘quv markazining rahbarlaridan biri ham qo‘shilib, bunday chora ko‘rilishiga abituriyentlarning barchasi o‘qish boshlanishidan oldin o‘z roziligini berganini ta’kidlagan. “Hozir bolalarni telefondan chalg‘itish juda qiyin bo‘lyapti, oxirida hech kim o‘z bolasini aybdor qilmaydi, hammasiga o‘qituvchi aybdor bo‘lib qolaveradi, lekin bilmaydiki, bola bu yerda nimalar bilan mashg‘ul, o‘qiyaptimi yoki yo‘qmi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u. O‘quv markazi vakili, shuningdek, post muallifidan “jiyanining telefoniga achinayotgan bo‘lsa, kelib uni olib ketishini, telefon pulini esa ular to‘lab berishini” aytgan.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют