» » Rasul Kusherbayev Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda davlat tili haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

Rasul Kusherbayev Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda davlat tili haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 14-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonda o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha qonun loyihasiga munosabat bildirib, O‘zbekistonda qonun loyihasining tarafdorlari kamchilikni tashkil qilishi va rasmiy ish yurituvida rus tili to‘liq saqlanib qolgan, degan fikrlarni bildirgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev uning bu fikrlariga munosabat bildirdi.

“O‘zbekistonda davlat tili — o‘zbek tili. Biroq shunga qaramay, ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib boriladi, shu jumladan, rus tilida. Kamida 11 tilda gazeta va jurnallar chop etiladi. Mamlakatda o‘zbek tili davlat tili sifatida qonuniy hisoblangani uchun rasmiy ishda unga rioya etishda mas’uliyatni oshirish — suveren O‘zbekistonning mustaqil ishi. Hech bo‘lmasa, rasmiy idorada davlat tilida ish yuritilmasa, davlat tilining maqomi qoladimi?

O‘zbekiston — rasmiy davlat tiliga ega suveren mamlakat. Qolganlar ham shu suverenlikni hurmat qilishi shart”, — dedi Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga doir qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan, unda davlat tilida ish yuritmagan mansabdorlar jarimaga tortilishi mumkinligi belgilangandi.

Vazirlik qonun loyihasi mazmuniga oid asossiz ma’lumotlar tarqatish, ayrim ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar saytlarida uning me’yorlarini noto‘g‘ri talqin qilishga bo‘lgan urinishlarni hisobga olib, mazkur loyihaga doir xolis va asosli ma’lumotlarni keltirgandi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov 15-may kuni “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritilganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 129) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют