» » Akmal Burhonov Rossiya TIV vakilining O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga bergan izohiga munosabat bildirdi

Akmal Burhonov Rossiya TIV vakilining O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga bergan izohiga munosabat bildirdi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 14-may, payshanba kuni o‘tkazilgan brifing vaqtida “O‘zbekistonda ish yuritish jarayonlarida rus tilidan foydalanish respublika fuqarolarining manfaatlariga mos keladi”, deya O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergandi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga o‘z munosabatini bildirdi.

Akmal Burhonovning qayd etishicha, suveren davlat hududida til masalasi tartibga solinishi uning ichki siyosati masalalariga kiradi.

“Rus tili bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda dasturlarning amalga oshirilishi bu yurtimizda boshqa millat vakillariga bo‘lgan hurmatimiz darajasini bildiradi. Lekin O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tili hisoblanadi va davlat organlarida ish davlat tilida yuritilishi qonunning talabidir”, — deb ta’kidlagan deputat.

Shuningdek, Akmal Burhonov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining bayonotida aytilgan gaplarga nisbatan o‘z savollarini bergan.

Zaxarova qaysi asosga ko‘ra qonun loyihasining tarafdorlari kamchilikni tashkil qilishi va rasmiy ish yurituvida rus tili to‘liq saqlanib qolgan, degan xulosaga keldi?

Davlat idoralarida o‘zbek tilida ish yuritish O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarimiz dinamikasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Rossiya rasmiy vakili bu masalaning O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga zid yoki zid emasligi bo‘yicha fikr bildirishga haqlimi?

Akmal Burhonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют