» » Turkmanobodda hukumat dovul oqibatlarini ikki haftadan beri bartaraf etmayotgani tufayli mingga yaqin aholi norozilik namoyishiga chiqdi

Turkmanobodda hukumat dovul oqibatlarini ikki haftadan beri bartaraf etmayotgani tufayli mingga yaqin aholi norozilik namoyishiga chiqdi


Turkmanistonning Lebop viloyati markazi bo‘lgan Temiryo‘l tumanida hukumat 27-aprel, 4 va 13-may kunlari yopirilgan dovul oqibatlari bartaraf etilmayotgani tufayli mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqdi. Turkmen.news ushbu nozorilik chiqishining ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, norozilik chiqishida mingga yaqin aholi ishtirok etdi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

“Erkaklar qo‘rqishadi. Ularni darxol olib ketishadi, ayollarga, ayniqsa bolalilarga esa odatda tegishmaydi”, — degan nashrga ma’lum qilgan manbalardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, odamlar ko‘chaga chiqib Dyanyov va Seydi shaharlariga eltuvchi trassada o‘tirib olgan. Voqea joyiga tez orada mansabdor shaxslar va huquq-tartibot idoralarining mashinalari yetib kelgan. Namoyishchilar oldiga shahar hokimining ismi oshkor etilmagan o‘rinbosari chiqqan va shu kunning o‘zidayoq barcha muammolar hal etilishiga va’da bergan.

Temiryo‘l tumani aholisi muammolarning eng asosiylari sifatida 2 haftadan beri elektr energiyasi yo‘qligi, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani, buning oqibatida barcha axlatlar hovlilarda suzib yurgani, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasini suv bosgani kabilarni sanab o‘tgan.

Suv ta’minoti tizimidan 2 va 3-qavatlarga ichimlik suvi chiqarib beruvchi nasoslar suv ostida qolgan bo‘lib, ular ishdan chiqqan. Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidagi namlik chivinlar tarqalishiga qulay sharoit yaratgan. Oqibatda aholi hatto derazalar yopiq bo‘lsa ham uxlay olmayapti — chivinlar ventilyatsiya tizimi orqali xonadonlarga kirmoqda.

Qayd etilishicha, norozilik chiqishi qariyb 4 soat davom etgan. U yerda Milliy xavfsizlik vazirligi boshqarmasi xodimlari, politsiyachilar, uy-joy kommunal xizmati xodimlari ham bo‘lgan. Ular hammasini hal qilishga va’da berib, odamlarni tarqalishga undagan. “Hokim ayollar bilan gaplashishga qo‘rqib, kommunal xizmat bo‘yicha o‘rinbosarini yubordi”, — degan nashrga ma’lum qilgan manbalardan biri.

Odamlarning noroziligiga asosiy sabab hukumat mikrorayonlarni unutib yuborgani bo‘lgan. Shahar xizmati bor kuchini birinchi navbatda markaziy ko‘chalardagi dovul oqibatlarini bartaraf etishga qaratgan.

Boshqa tomondan, shahar kommunal xizmatlarining manbalari ham cheklangan bo‘lib, faqat bir nechta assenizatorlovchi mashinalargina ishlagan. Biror amaldor uyini suv bossa, kommunal xodimlari bajarib turgan joyidagi ishini tashlab, o‘sha yerga borishiga to‘g‘ri kelgan.

Xabarda qayd etilishicha, Lebop viloyatida oziq-ovqat va naqd pul taqchilligi keskin muammoligicha qolmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют