» » Toshkent hayvonot bog‘i 16-maydan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Toshkent hayvonot bog‘i 16-maydan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi


Toshkent shahridagi hayvonot bog‘i 16-may, shanba kunidan qayta ochilishi sababli ota-onalar va ularning farzandlarini zooparkga tashrif buyurishga chaqirdi.

“Hayvonot bog‘imizdagi jonivorlar: jirafalar, begemotlar, fillar va boshqa hayvonlar sizlarni sog‘ingan va uchrashuvni intiq bo‘lib kutmoqda. Biz esa sayohatni sevuvchi yosh tashrif buyuruvchilar yuzida tabassum va quvonchni ko‘rmoqchimiz. Hayvonlar saltanatiga tashrif buyurib unutilmas taassurtorlarga ega bo‘lasiz, degan umiddamiz. Sizlarni katta-kichik, ajoyib mavjudotlar jamlangan hayvonot bog‘imizda kutib qolamiz”, — deyiladi Toshkent hayvonot bog‘ining Telegram’dagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘i 19-martdan boshlab koronavirus sabab vaqtinchalik yopilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют