O‘zbekistonda ilk bor aholi turmush darajasi haqidagi tahlil natijalari e’lon qilindi
Markaziy bank daromad darajasi turlicha bo‘lgan aholi guruhlariga inflyatsiyaning ta’sirini hududlar kesimida o‘rganib chiqdi. Bunday tadqiqot natijalari ilk bor e’lon qilindi.
Unda uy xo‘jaliklari xarajatlari va daromadlari bo‘yicha so‘rov (UXDS) natijalari hamda hududlar kesimidagi iste’mol narxlari indeksi (INI) ma’lumotlari asosida uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari o‘sishi tahlil qilingan. Shuningdek, olingan natijalar asosida INI va yashash qiymati o‘rtasidagi tafovutlar o‘rganilgan.
So‘rov natijalarida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklari daromadlarining taqsimlanishida respondentlarning asosiy qismi — 38,7 foizi oyiga 2-4 millon so‘m daromadga ega bo‘lganlar guruhiga kiradi.
Har xil daromadga ega uy xo‘jaliklari guruhlari xarajatlari tarkibidagi tafovut tahlili kam daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari yuqori daromadli guruhlarga qaraganda o‘z xarajatlarining ko‘proq qismini oziq-ovqat mahsulotlariga va kamroq qismini nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar (ya’ni transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar)ga sarflashini ko‘rsatdi.
Daromad darajasining o‘sib borishi bilan iste’mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi sezilarli darajada pasaygan. Daromadlari 6 million so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarining iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 million so‘mdan past bo‘lgan uy xo‘jaliklarinikiga qaraganda o‘rtacha 26 foiz bandga kam.
Respondentlarning yosh guruhlari bo‘yicha tahlil keksalar tomonidan daromadlarining ko‘proq qismini (o‘rtacha 80 foizini) oziq-ovqat mahsulotlariga, yoshlar tomonidan esa nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlariga sarflanishini ko‘rsatdi.
Bunda 30-55 yoshdagi aholining xarajatlari 30 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhiga nisbatan 18 foizga va 55 yoshdan oshgan aholiga nisbatan 63 foizga ko‘proq. 30-55 yoshdagi aholi iste’moli tarkibida nooziq-ovqat tovarlari ulushining nisbatan yuqori bo‘lishi ushbu guruh vakillari kommunal xizmatlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarning asosiy to‘lovchilari ekanligi bilan bog‘liq.
Turli hududlardagi inflyatsiya ko‘rsatkichlari
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida inflyatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan sezilarli farq qiladi. Yuqori daromadli hududlarda nisbatan yuqori inflyatsiya darajasi kuzatilmoqda.
Toshkent shahri, Toshkent va Buxoro viloyatlari kabi yuqori daromadli hududlarda (Navoiy viloyatidan tashqari) inflyatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori shakllangan.
Ushbu hududlar aholisi respublika umumiy aholisining 30 foizini tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari nisbatan past daromadga ega bo‘lgan hududlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi inflyatsiya darajasi mamlakatdagi o‘rtacha inflyatsiya darajasiga nisbatan past hisoblanadi. Mazkur hududlarda mamlakat umumiy aholisining 27 foizi istiqomat qiladi.
Aksariyat hududlarda past daromadga ega o‘zbekistonlar nisbatan yuqori inflyatsiya darajasini sezgan.
Nisbatan kam daromadli guruhlar xarajatlarining katta qismi oziq-ovqatlarga sarflagani uchun 2019-yilda oziq-ovqat inflyatsiyasi 18,6 foizni tashkil etganda ularda nisbatan yuqori inflyatsiya sezilgan.
Shuningdek, kam daromadli aholi guruhlari yil davomida nooziq-ovqat tovarlari narxlari o‘sish darajasining pasayishidan kamroq manfaat ko‘rdi. Yuqori daromadli hududlarda yashovchi kam daromadli uy xo‘jaliklari esa yashash qiymatining ko‘proq o‘sishiga duch kelmoqda.
Oylik sezilgan inflyatsiya dinamikasi ham daromad darajasi turlicha bo‘lgan uy xo‘jaliklari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Bunda kam daromadli uy xo‘jaliklarining iste’mol to‘plamida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi yuqoriligi sababli ushbu uy xo‘jaliklariga mavsumiy o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan oziq-ovqat inflyatsiyasi yanada kuchliroq ta’sir etadi.
2019-yilda aholining umumiy daromadlari 21,9 foizga oshgan va umumiy xarajatlarning o‘sishi ham shunga mutanosib darajada o‘sgan.
Batafsil tahlil asosida olilalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan:
Umuman olganda, tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tomonidan seziladigan inflyatsiya darajasi xarajatlar tarkibi va narxlarning o‘zgarishiga qarab farq qiladi. Xususan, yuqori darajada shaharlashgan hududlarda istiqomat qiluvchi kam daromadli uy xo‘jaliklari yuqori darajadagi inflyatsiyani sezadi.
Umumlashtirilgan holda yashash qiymatining o‘sish darajasi o‘rtacha daromadlar o‘sishiga mutanosib bo‘ladi.
Ayni paytda alohida guruhlar bo‘yicha tahlillar yashash qiymatining o‘sishiga juda ta’sirchan bo‘lgan aholi guruhlari mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:
Xulosa
Inqirozli vaziyat va cheklov choralari sharoitida aholining past darajada daromad oladigan qatlamlari asosiy iste’mol tovarlar narxlari o‘zgarishiga kuchliroq ta’sirchan bo‘ladi.
Past daromad oladigan aholining asosiy qismi iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyat yuritishini hisobga oladigan bo‘lsak, iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, ularning daromadlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli yashash qiymati masalasi joriy vaziyatda muhim ahamiyat kasb etadi va past darajada daromad olayotgan aholi farovonligini oshirish uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Qisqa muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar:
Uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar:
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
