» » Sardoba falokati sabablarini o‘rganish uchun Fransiya, Turkiya, Rossiyadan ekspertlar taklif qilindi

Sardoba falokati sabablarini o‘rganish uchun Fransiya, Turkiya, Rossiyadan ekspertlar taklif qilindi


Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida 1-may kuni yuz bergan avariya sabablarini o‘rganish uchun xalqaro ekspertlar guruhi chaqirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may, juma kuni Sirdaryo viloyatiga safari davomida ma’lum qildi.

“Talafot hech kimni ayamaydi. Bu yerga hozir Fransiya, Turkiya, Rossiya, Osiyo mamlakatlaridan dunyoning eng zo‘r ekspertlari keladi. Ular shu falokatning oldini olish mumkinmidi, sababi nima, degan masalalar bo‘yicha xolisona baho beradi”, — dedi Prezident.

“Ikkinchidan, kelajakda bu suv omboridan qanday foydalanamiz, bu balo yana takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko‘rish kerak — buni sizlar bilan maslahat qilib, keyin tiklaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari sardobaliklar bilan muloqot vaqtida.

Avvalroq, 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev suv ombori masalasida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda barcha dambalar chuqur ekspertizadan o‘tkazilishini, shundan so‘ng yakuniy xulosa chiqarilishini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют