» » Yaponlar shishirma elektroskuterni taqdim etdi (video)

Yaponlar shishirma elektroskuterni taqdim etdi (video)


Tokio universiteti xodimlari yig‘ilgan holatda ryukzakka joylashuvchi Poimo nomli shishirma elektroskuter konseptini taqdim etdi, deb yozadi BBC.

Skuter korpusi termoplastik poliuretandan yaratilgan.

Mazkur transport vositasini bir daqiqada shishirish mumkin. Shundan so‘ng unga g‘ildiraklarni o‘rnatish, akkumulyator, simsiz boshqariladigan tutqichlar va ventil elektrodvigatelni joylashtirish kerak.

Shishirma transport vositasining og‘irligi 5,5 kilogrammni tashkil etadi, biroq ixtirochilar ushbu vaznni kamaytirish ustida ish olib borayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, muhandislar elektroskuterda ko‘proq masofa bosib o‘tish uchun akkumulyator sig‘imini oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirda bir marta quvvatlanish orqali 1,6 kilometr harakatlanish mumkin, xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют