» » Farg‘onada fuqaro karantin sharoitida 38 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi

Farg‘onada fuqaro karantin sharoitida 38 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro karantin davriga qaramay farzandi uchun 38 million so‘m miqdoridagi aliment pulini to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB ning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor L.Yu.dan undiruvchi N.Yu. foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.

Davlat ijrochisining olib borgan tushuntirishlari bois fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra aliment pullarini farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘liq to‘lash tashabbusi bilan chiqqan.

12-may, seshanba kuni alimentchi ota bir yo‘la 38 million so‘m miqdoridagi aliment pulini to‘liq to‘lab bergan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют