» » Sirdaryodagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning bari Toshkentga o‘tkazildi

Sirdaryodagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning bari Toshkentga o‘tkazildi


Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 24 nafar bemorning bari 15-may kuni Toshkent shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyatida 14-may holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 35 ta holat qayd etilgan, bemorlarning 14 nafari sog‘aygan edi; 14-may yakuniga ko‘ra, viloyatda 21 bemor koronavirusdan davolanayotgan edi.

“Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor 15-may kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

15-may kuni Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar sog‘aygani haqida ma’lumot berilmaganidan xulosa qilinsa, kun davomida viloyatda kasallikni yuqtirib olganlar soni uch nafarga ko‘paygan.

Sirdaryoda 15-may kuni aniqlangan uchta yangi holatning manbasi haqida aniq ma’lumot yo‘q: O‘zbekistonda shu kuni aniqlangan jami 41 holatning 8 tasi chet eldan kelganlarda, 29 tasi karantinda bo‘lganlarda, yana biri esa kasallikka chalingan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda qayd etilgan.

Hukumatdagi manbaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, barcha bemorlarning Toshkentga ko‘chirilishi Sardoba falokatidan jabr ko‘rgan viloyatda vaziyatni nisbatan barqarorlashtirish niyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Sirdaryoga boshqa hududlardan minglab harbiylar, quruvchilar jalb etilgan, harakat ko‘p joy ‘yashil’ maqomda bo‘lgani ma’qul; viloyatdagi shifoxonalar ham har qanday vaziyatga tayyor turishi maqsadga muvofiqdir”, — dedi manba.

O‘zbekistonda 15-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2686 taga yetgan; ayni vaqtda mamlakat bo‘yicha jami 517 bemor, xususan Toshkent shahrida 315 bemor davolanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют