» » Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi


Rossiyada o‘tgan bir sutka davomida SARS-CoV-2 koronavirusi asoratlari oqibatida 113 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar qilgan. Bu SARS-CoV-2 epidemiyasi boshlanganidan beri kuzatilgan yangi antirekord.

29-aprel kuni mamlakatda COVID-19 koronavirusidan eng ko‘p o‘lim holati kuzatilgan va shu kuni 108 kishi koronavirus sabab vafot etgandi, 12-may kuni ham bu borada o‘ta yomon ko‘rsatkichlardan biri kuzatilgan va 107 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgandi. Rossiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 2418 nafarga yetgan.

Rossiyada (85 ta federal hududda) SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 262 843 nafarga yetgan va mamlakat bu borada dunyoda 1,4 million nafar odam kasallangan AQShdan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga doir: Koronavirusdan vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 300 ming nafardan oshdi

Bir million aholiga nisbatan olingan kasallanish holatlari bo‘yicha Rossiya dunyoda 41-o‘rinda, koronavirus sabab qayd etilgan o‘lim ko‘rsatkichi borasida esa 65-o‘rinni (Worldometer sayti ma’lumoti bo‘yicha) egallab turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют