» » Rossiyaliklar pandemiya davrida O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta olishga intilgani ma’lum qilindi

Rossiyaliklar pandemiya davrida O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta olishga intilgani ma’lum qilindi


Rossiyalik turistlar koronavirus pandemiyasi davrida ommaviy ravishda mamlakat hududida O‘zbekiston va Armaniston kabi davlatlarga aviachipta sotib olishga intilgan. Bu haqda OneTwoTrip sayohat servisi ma’lumotlariga asoslanib, “Aviaport.ru” xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra bahor o‘rtalarida rossiyaliklar, asosan, ichki reyslarga so‘rov bergan, ichki turizm doirasida sayohat qilish niyatidagi odamlar aprel oyida 42 foiz, may oyida esa 29 foizni tashkil qilgan. Ularni Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Krasnodar va Kaliningrad shaharlariga sayohat qiziqtirgan. Shuningdek, turistlar xorijga, jumladan, O‘zbekistonga (mos ravishda 41, 36 foiz), Armaniston (42 va 36 foiz), Qirg‘iziston (44, 42 foiz) va Turkiyaga (32 va 38 foiz) borishga qiziqqan. Bundan tashqari, Tojikiston, AQSh, Moldova, Qozog‘iston va Italiyaga sayohatlar ham rossiyaliklarni o‘ziga tortgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi choragida 1,2 mln sayyoh tashrif buyurdi

Qayd etilishicha, aksar hollarda turistlar may oyida parvozni amalga oshirishga harakat qilgan va iyun oyiga buyurtma izlashda ushbu ishtiyoq nisbatan kamaygan.

“Uchib ketish sanalarining qidiruv so‘rovi odamlarning karantinda o‘tirib sayohatlarni sog‘ingani va epidemiologik vaziyat barqarorlashgan hududlarda ta’tilda bo‘lishni istayotganini anglatadi”, — deyiladi servis axborot xizmati ma’lumotida.

15-mayda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov rossiyaliklarning koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ylab avvalgidek erkin sayohat qila olmasligini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar ham shunday xulosaga kelgan.

Rossiya 27-martdan xalqaro aviaparvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. Rossiyaliklarni xorijdan mamlakatga qaytarish uchun tashkil qilingan reyslar va hukumat topshirig‘i bilan amalga oshirilgan parvozlarga istisno tariqasida ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus jahonning 209 mamlakatida sayohatlar cheklanishiga sabab bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют