» » Koronavirusni 48 soatda kuchsizlantira oladigan preparat nomi oshkor etildi

Koronavirusni 48 soatda kuchsizlantira oladigan preparat nomi oshkor etildi


Bezgakka qarshi mefloxin preparati qabul qilinganidan keyin klinik tadqiqotlargacha bo‘lgan sinov vaqtida koronavirusni 48 soatdan keyin kuchsizlantira olish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Bu haqda Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvortsova ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun juda kichik — millilitr uchun ikki mikrogramm doza yuborish lozim. Skvortsovaning aytishicha, dori ham profilaktik, ham davolash xususiyatiga ega.

Mefloxin Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda tavsiya qilgan 13 ta dori ro‘yxatiga kiritilgan. Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi bergan ma’lumotga asosan davolanayotgan o‘rta holatdagi bemorlarning 78 foizida ushbu preparat qo‘llanilganidan keyin klinik dinamika, regress yoki nafas yo‘llaridagi to‘qimalarning barqaror ishlash holatlari kuzatilgan.

Koronavirusga qarshi vaksina hali ham yaratilmagan hozirgi sharoitda turli xorij davlatlari, xususan, Rossiyada ham olimlar uni ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Koronavirusni davolashda litsenziyalanmagan preparatlar yoki eksperimental davolash usullari, masalan, mefloxin yoki gidroksixloroxindan foydalanilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют