» » Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi


Jons Hopkins universiteti taqdim qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni 4,5 milliondan oshgan, 304,8 ming kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari AQShda kuzatilgan. Mamlakatda 1 million 427 ming kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, 86,3 ming bemor kasallik oqibatida vafot etgan.

2-o‘rindagi Rossiyada 262,8 ming nafar kishida koronavirus infeksiyasi borligi qayd etilgan. Uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya bormoqda, qirollikda 238 ming kishi COVID-19 yuqtirib olgan.

4-may kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 3,5 milliondan oshgani ma’lum qilingan edi. Virusni yuqtirib olganlar soni 10 kun ichida qariyb 1 millionga ko‘paygan. Avval umumiy kasallanganlar soniga bir million nafar kishi qo‘shilishi uchun o‘rta hisobda ikki hafta (21-aprelda 2,5 million kishi) vaqt talab qilingandi.

O‘limlar ko‘rsatkichi bo‘yicha 300 ming kishining vafot etgani 14-mayga, 200 ming bemorning o‘lgani 25-aprelga (19 kun) va 100 ming ta o‘lim holati 10-aprelga (15 kun) to‘g‘ri keldi.

Universitet statistik ma’lumotlari bo‘yicha butun dunyoda kasallanish holatlari soni keskin o‘sib bormoqda, o‘limlar bo‘yicha ko‘rsatkich esa aksincha sustlashgan.

Koronavirus tarqala boshlaganidan beri o‘tgan davr mobaynida 1,6 million kishi infeksiyadan to‘liq tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют