» » Buxoroda hujjatlarni soxtalashtirib, oqituvchilar pulini ozlashtirgan maktab bosh hisobchisiga sud hukmi oqildi

Buxoroda hujjatlarni soxtalashtirib, oqituvchilar pulini ozlashtirgan maktab bosh hisobchisiga sud hukmi oqildi


Buxoro viloyatining Gijduvon tumanida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirib, maktab oqituvchilariga tolangan ish haqlarini tolanmay qolgan ish haqi sifatida hisoblab, noqonuniy pul ozlashtirgan maktab bosh hisobchisiga sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryoga Jinoyat ishlari boyicha Gijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov malum qildi.

Maktab bosh hisobchisining mazkur qilmishi 2019-yilning iyul oyida Buxoro viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasining nazoratchi taftishchilari tomonidan otkazilgan tekshiruv davomida fosh etilgan.

Malum qilinishicha, taftishchilar 2013-yil 1-yanvardan 2017-yilning 1-apreliga qadar bolgan davrdagi xarajatlar smetasi ijrosi hamda budjetdan tashqari mablaglarning maqsadli sarflanishini kozdan kechirgan va fosh etilgan jinoyatni hujjatlar asosida sudga taqdim qilgan.

Aniqlanishicha, 2007-yildan buyon Gijduvon tumanidagi 22-sonli umumiy orta talim maktabida bosh hisobchi vazifasida ishlab kelgan 47 yoshli Z.A. maktabning oquv ishlari boyicha direktor orinbosari tomonidan ishlab chiqilgan tabel soatlarida korsatilmagan jami 46 million 830 ming som pulni 2017-yildan boshlab ozlashtirishni boshlagan.

U tabelda korsatilmagan dars soatlari uchun 2017-yilning avgust-noyabr oylari ish haqiga asossiz ravishda 5 million 921 ming 900 som hamda oldingi oylarda tolangan ish haqlarini tolanmay qolgan ish haqiga hisoblab, yanvar-sentabr oylariga 2 million 183 ming som mablagni ozlashtirgan. Bundan tashqari, maktab direktorining buyrugi bolmasa-da, 2017/2018-oquv yillari hisobidan iyun-sentabr oylarida 10 million 53 ming som ragbatlantirish pullarini qoshib yozib, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirgan. Ozlashtirilgan mablaglarni esa plastik kartaga otkazib, oz ehtiyoji uchun sarflagan.

Bosh hisobchi, shuningdek, maktabda 0,5 shtat birligida ishlovchi turmush ortogi M.P.ning plastik kartasiga 15 million 960 ming 400 som pulni noqonuniy otkazib, shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatgan.

Z.A. oz manfaati yolida oilaviy ahvoli ogir bolgan ukasi T.A.dan ham foydalangan.

2015-yilga qadar Rossiyada ishlab kelganman. Keyin akam ishlaydigan maktabga 0,5 shtat birligida santexnik vazifasiga ishga kirdim. Menga taxminan 280 ming som oylik ish haqi hisoblangan. Bu pullar farzandlarimga aliment tolovi uchun otkazilishi lozimligi sababli plastik kartam doimo akamda turardi. Oxirgi marta otgan yilning yozida 60 ming som miqdorida naqd pul olganman xolos. Plastik kartamda 13 million 651 ming som pul borligidan xabarim bolmagan, deydi sud zalida guvohlik bergan T.A.

Mansabidan foydalanib, jami 46 million 830 ming som budjet mablaglarini talon-toroj qilgan maktab bosh hisobchisi Z.A. aybiga iqror bolgan va yetkazilgan zararni toliq qoplagan.

Jinoyat ishlari boyicha Gijduvon tuman sudi hukmiga kora, maktab bosh hisobchisiga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismining b, g bandlari (Ozlashtirish yoki rastrata yoli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 2-qismining a bandi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qozgatilgan hamda bir yil olti oy muddatga moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 20 million 668 ming 800 som jarimaga tortilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2020, 08:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
:
-
:
20 ... -