» » Rossiya quyi divizionlarida mavsum muddatidan avval yakunlandi. Shatskix va Denisov jamoasi RPLga yo‘l oldi

Rossiya quyi divizionlarida mavsum muddatidan avval yakunlandi. Shatskix va Denisov jamoasi RPLga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Rossiya quyi divizionlari — Milliy futbol ligasi (FNL) va Professional futbol ligasida (PFL)  2019/20-yilgi mavsum muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining 15-may kungi yig‘ilishida qaror qabul qilindi.

Milliy futbol ligasining ikki klubi Rossiya Premyer Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ular Rossiya Premyer Ligasida joriy mavsumini 15 va 16-o‘rinda yakunlagan jamoalar o‘rnini egallaydi. Milliy futbol ligasi 27-turiga kelib musobaqa jadvalida “Rotor” peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni “Ximki” band etgan.

“Rotor” safida o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov harakat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix klub yordamchi murabbiyi hisoblanadi.

Shu tariqa Denisov va Shatskix jamoasi kelasi mavsum Rossiya chempionatida to‘p suradigan bo‘ldi. Maksim va Vitaliy volgogradliklar safiga 2020-yilning yanvar oyida borib qo‘shilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют