» » Xitoyda koronavirusga qarshi besh xil vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

Xitoyda koronavirusga qarshi besh xil vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda


Xitoylik olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi besh xil vaksinani 2,5 mingdan ortiq ko‘ngillilarda sinab ko‘rdi, ishlar muvaffaqiyatli davom etsa, iyul oyi oxirida klinik sinovlarning ikkinchi bosqichi yakuniga yetadi. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi rahbari Szen Isin ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar qilgan.

“Ayni vaqtda adenovirus vektori asosidagi rekombinat vaksina va yana 4 ta inaktivatsiya qilingan vaksinalar bor, ularning barchasiga Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari davlat boshqarmasidan ruxsatnoma olingan, birinchi hamda ikkinchi bosqichdagi klinik sinovlar amalga oshirilmoqda”, — degan Szen Isin.

Mavzuga doir: Xitoylik olimlar koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishini ma’lum qildi

Isinning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar testida 2575 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Birinchi bosqichning o‘zida 539 nafar kishida klinik sinovlar amalga oshirilgan. Testlarda qatnashganlarning xavfsizligi va antitanalar xususidagi ma’lumotlar jamlanmoqda. Ikkinchi bosqichda emlashlar 2036 nafar ko‘ngillida amalga oshiriladi, ayni vaqtda vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini baholash boshlangan.

“Klinik sinovlar vaqtida hozirga qadar aks ta’sirlar bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar kelib tushmagan. Reja bo‘yicha hammasi yaxshi o‘tsa, iyul oyida klinik sinovlarning ikkinchi bosqichi yakunlanadi”, — degan XXR rasmiysi.

Xitoyda koronavirus qayta tarqala boshlagandan keyin iloji boricha tezroq unga qarshi vaksina ishlab chiqish ehtiyoji tug‘ilgan, xitoylik olimlar va nufuzli kompaniyalar vaksinaning bir yo‘la besh xilini yaratish ustida ishlarni boshlagan: rekombinant subyagona vaksina, inaktivatsiya qilingan vaksina, adenovirus vektori asosidagi vaksina, nuklein kislotalar asosidagi hamda tirik attenuratsiya qilingan grippoz vaksina.

Mavzuga doir: Xitoylik tadqiqotchilarning koronavirusga qarshi vaksinasi makaka maymunlarida muvaffaqiyatli natija berdi

Avval XXR kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Gao Fu texnologik ishlab chiqarishning normal rejasi bo‘yicha vaksina 2020-yil oxiri 2021-yil boshlarida tayyor bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Yevropada koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют