» » “Leningrad” kabrioleti tasodifan olingan surat yordamida qayta tiklandi

“Leningrad” kabrioleti tasodifan olingan surat yordamida qayta tiklandi


Amerikalik Jon Shuls tomonidan 1958-yilda olingan surat yordamida “Leningrad” kabrioleti qayta tiklandi, deb xabar beradi Autorambler.

Leningradning (Sankt-Peterburg) Gersen ko‘chasida olingan suratdan ko‘rish mumkinki, kabriolet ko‘pchilikning e’tiborini o‘zga tortgan. Biroq Shulsning surati bo‘lmaganida mazkur kabriolet sovet avtomobil sanoatining boshqa ko‘plab mahsulotlari kabi nom-nishonsiz yo‘qolib ketishi mumkin edi.

Ikki o‘rindiqli “Leningrad” kabrioleti 1956-yilda muhandis Arkadiy Babich tomonidan yig‘ilgan. Muhandis uni yaratishga qariyb 3 yil umrini sarflagan.

Mashina o‘z davrining avtomobil sanoatidagi eng yaxshi namunalar darajasida yaratilgan bo‘lib, qanotlarga ega keng kuzov, ko‘zni qamashtiruvchi xromlangan detallar va kapotidagi katta “Leningrad” yozuvi bilan bezatilgan.

1959-yili Babich o‘zining sport avtomobili yordamida Simferopoldan Leningradga qadar bo‘lgan 2125 kilometr masofani 20 soatda bosib o‘tgan.

Mashinaga “GAZ-12 ZIM” sedanining agregatlari va uzellari o‘rnatilgan. U 90 ot kuchiga ega 3,5 litrli olti silindrga ega dvigatel yordamida harakatga keladi va uch pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Kabrioletning taqdiri haqida hozirgacha hech narsa ma’lum emas. Bir necha yil oldin u achinarli ahvolda sotuvga qo‘yilgan edi. Motorsiz va chirigan kuzovli “Leningrad”ni latviyalik avtomobil ishqibozlari xarid qilgan bo‘lib, uni to‘liq qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Mashinani restavratsiya qilishda Shulsning rangli surati namunasidan foydalanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют