» » Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasida birga ishlagan eng yaxshi murabbiy nomini ma’lum qildi

Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasida birga ishlagan eng yaxshi murabbiy nomini ma’lum qildi


“Rotor” klubi yordamchi murabbiyi Maksim Shatskix “Tezkor studiya” dasturida “O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvidagi eng yaxshi chet ellik murabbiy kimligini aytdi.

“Menga Bob Houton yoqardi. U ehtirosli, jo‘shqin, xushchaqchaq, xullas, haqiqiy ingliz edi. Murabbiy faoliyati qiziqarli bo‘lgandi.

Mahalliy murabbiylar ichida kimni ajratib ko‘rsatish mumkin? Xo‘sh, juda qiyin. Hech kimni xafa qilgim kelmayapti. Qiyin savol”, — deydi Shatskix.

Maksim Shatskix 1999—2014-yillar oralig‘ida O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan. Bu vaqtda u Vladimir Salkov, Leonid Ostroushko, Xans-Yurgen Gyode, Bob Houton va Valeriy Nepomnyashiy kabi chet ellik murabbiylar bilan ishlagan. Shuningdek, Maksim terma jamoasi safida Mahmud Murodov, Yuriy Sarkisyan, Ravshan Xaydarov, Rauf Inileyev, Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov qo‘l ostida harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют