» » Tramp AQShning koronavirus vaksinasi sotuvidan daromad qilish niyati yo‘qligini bildirdi

Tramp AQShning koronavirus vaksinasi sotuvidan daromad qilish niyati yo‘qligini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqsa, mamlakatning uni xorijdagi boshqa davlatlarga pullab daromad qilmoqchi emasligini ma’lum qildi. U bu haqda maxsus brifingda aytgan, deyiladi The Independent xabarida.

Trampning so‘zlariga ko‘ra AQSh boshqa davlatlarga vaksinani muqobil narxlarda taklif qiladi, sababi vaksina ustida ishlayotgan kompaniyalarning maqsadi daromad ko‘rish emas.

“Odamlar javob topishni istamoqda, ular foyda ko‘rish haqida o‘ylayotgani yo‘q”, — degan Tramp.

Amerika yetakchisi koronavirusga qarshi vaksina birinchi bo‘lib Xitoyda ishlab chiqilsa ham, AQSh uni olish imkoniyatiga ega ekanini qayd etdi. Trampning aytishicha, bu borada ko‘plab mamlakatlar o‘zaro hamkorlikda ish olib bormoqda.

“Bu masalaga bir tomonlama yondashish noto‘g‘ri, hamma bir bo‘lib mehnat qilmoqda”, — degan u.

Mavzuga doir: Tramp Xitoy AQShdan koronavirus vaksinasi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotganini bildirdi

Tramp 100 dan ortiq potensial vaksina orasidan 14 tasi saralab olinganini bildirdi. U AQSh hukumatining vaksinani sinovdan o‘tkazish va undan foydalanishga tezroq ruxsat olish bo‘yicha jarayonni tezlashtirish uchun barcha kuchlar safarbar etilishini ta’kidladi. Shuningdek, AQSh nisbatan samarali prototiplarni ishlab chiqarishga investitsiya kiritishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

May boshida Tramp AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning qachon paydo bo‘lishi haqida gapirgan va amerikalik olimlarning COVID-19 bilan kurasha oladigan vaksina 2020-yil oxirigacha yaratishini taxmin qilgan.

Jons Hopkins universiteti taqdim qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni 4,5 milliondan oshgan, 304,8 ming kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

AQShda esa COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1,4 milliondan oshib, 86,4 mingdan ortiq bemor koronavirusdan vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют